Buyurtma uchun formani to'ldiring
Mahsulot haqida qisqacha
Mahsulot narxi: 75000.0
Diqqat: agar pulni yomon koʻrsangiz, bu kitobni oʻqimang.
Muvaffaqiyatli biznes sohibi boʻlish uchun tasodifiy harakatlardan tiyilib, puxta reja asosida ishlash kerak. Odatda marketing reja tuzish murakkab va koʻp vaqt oladigan jarayon. Shu bois aksar ishbilarmonlar unga yetarli vaqt ajratmaydi.
Oʻzining “Bir varaqli marketing reja” kitobida tadbirkor va marketolog Allan Dib marketing reja qanday qilib oson va tez bitkazishni oʻrgatadi. U birgina sahifaga sigʻadi, toʻqqiz katakdan iborat boʻladi. Uning yordamida siz murakkab marketing rejangizni tuzib, boshlovchidan soha ustasiga aylanishingiz mumkin.
Biznes endi boshlayapsizmi yoki tajribali tadbirkormisiz, bundan qatʼi nazar, bir varaqli marketing reja biznesingizni oʻstiradigan marketing reja tuzishning oson va tezkor usulidir.
Ushbu yangi kitobda siz quyidagilarni bilib olasiz:
• Qanday qilib yangi mijozlar topish va mavjudlaridan koʻproq foyda olish;
• “Katta biznes”larga moʻljallangan marketing kichik va oʻrta biznes strategiyalarini oʻldirishi sabablari;
• Tom maʼnoda bir sahifali shaxsiy marketing reja tuzishdagi oddiy bosqichli jarayon. Shunchaki kitobni oʻqib, boblar soʻngidagi bir varaqli marketing rejaning kataklarini toʻldirib keting.
• Qanday qilib raqiblarni yengish va oʻzingizni mijoz uchun yagona tanlovga aylantirish;
• Qanday qilib toʻgʻridan toʻgʻri javob marketing sirlaridan foydalangan holda, kichik byudjet bilan katta natijalarga erishish;
• Qanday qilib mahsulot va xizmatlaringizga yuqori narx qoʻyish va mijozlar roziligini olish.